

PSJ klubi Keylor Navasni "Nottingem"ga qo'yib yuborishni istamayapti. L’Equipe nashri bergan ma'lumotga ko'ra, darvozabon ingliz klubi bilan o'zaro kelishib olgan, ammo PSJ transfer narxi bo'yicha "Nottingem" bilan kelisha olmagan.
Xabar qilinishicha, "Nottingem" Navasning o'rniga boshqa muqobil nomzod qidirmoqda. Shu bilan birga, klub Keylor bo'yicha muzokaralarni ham davom ettirish istagida.



