PSJ Ronalduning atrofidagi insonlar bilan muzokara boshladi. "Yuve" forvard uchun 25-30 mln evro so'ramoqda

Aziz Tukhtamuradov
3 iyun 2021, 16:51
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

PSJ mavsumlar oralig'ida Turin klubidan ketishi mumkin bo'lgan 36 yoshli forvardning vakillari bilan muzokara boshladi.

"Keksa sinora" rahbariyati portugaliyalikning transferini tahlil qilishga tayyor. Jamoaga qaytgan Massimiliano Allegri unga ishonch bildirmayapti.

Shuningdek, Ronaldu PSJning texnik homiysi hisoblangan Nike kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi. Transfer uch tomon uchun ham foydali bo'lishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: As