PSJ Ramos bilan uning shartlari bilan bitim imzolashga tayyor

Alisher
14 noya 2020, 15:19
PSJ Madridning "Real" klubi himoyachisi va sardori Serxio Ramos bilan shartnoma imzolashga tayyor.

Parijliklar ispaniyalik futbolchining maosh bo'yicha har qanday shartlari va bitimning muddati haqidagi talablarini qabul qilishga tayyorlar.

Ramosning "qirollik klubi" bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan. Tomonlar shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib borishmoqda.

Oldinroq, Ramosga PSJdan tashqari yana bir necha klub da'vogarlik qilayotgani ma'lum bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS