PSJ qishda "Liverpul" futbolchisini qo'lga kiritmoqchi

Aslanov Jasurbek
27 noya 2018, 12:38
PSJ tayanch hududini kuchaytira oladigan futbolchilarni izlashda davom etmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Parij klubining transfer ro'yxatiga "Liverpul" yarim himoyachisi Fabino tushib qoldi. Xavbek shu yilning yozida 45 mln evro evaziga "Monako"dan "qizillar" safiga o'tgan edi, ammo uzoq vaqtdan beri jamoaga ko'nika olmayapti va juda kam o'yin amaliyotiga ega bo'lyapti.

"Liverpul" Fabinoni sotish sharti bilan uni ijaraga berishi mumkin. PSJ bunday shartlarga tayyor, biroq futbolchi uchun "qizillar" sarflagan mablag'dan ko'proq to'lamoqchi emas.

Joriy mavsum Fabino APLning 5ta uchrashuvida maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe