PSJ "Napoli" futbolchisini nishonga oldi

Alisher
7 may 2020
"Napoli" hujumchisi Dres Mertens faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, PSJ 33 yoshli forvard bilan yaqin transferlar oynasida shartnoma imzolamoqchi.

Uning "Napoli" bilan tuzgan shartnomasi mavsum so'nggida yakuniga etadi, shu sabab u boshqa klubga tekinga yo'l olishi mumkin.

Belgiyalik futbolchining xizmatlariga qiziquvchilar orasida "Chelsi", "Arsenal", "Yuventus", "Inter" va "Roma" klublari ham bor.

Mertens joriy mavsum A Seriya doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 5ta assist qayd etgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio