

Sport Mediaset xabariga ko'ra, agar MYU Ule Gunnar Sulsherni iste'foga chiqarsa, uning o'rniga asosiy nomzod sifatida Allegri ko'rilmoqda.
PSJ Fransiya chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan bo'lsada, rahbariyat jamoa YCHLda ham yaxshiroq natijalarga erishishi tarafdori. Agar jamoa Tuxel bilan bu ishni uddalay olmasa, unda klub Allegrini jamoaga olib kelishi mumkin.
Ilgariroq italiyalik murabbiyi “Yuve”ni tark etgach, ma'lum muddat tanaffusga chiqqandi. Allegri 2014-2019 yillarda Turin superklubini boshqargan, jamoa bilan besh bor Italiya chempionligi, 4 marta mamlakat kubogi va 2 bor Italiya Superkubogida g'olib chiqqan.



