PSJ Mbappega o'rinbosar topdi. Parijliklar futbolchi uchun +100 million evro to'laydi

Khoja
19 fev 2024, 10:10
Yozda Kilian Mbappedan ayrilishi mumkin bo'lgan Fransiyaning PSJ klubi uning o'rniga “Milan”ning asosiy yulduzi portugaliyalik Rafael Leauni sotib olishga umid qilmoqda.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, “Milan” Leaoni faqat juda katta summaga qo'yib yuborishga rozi bo'ladi.

Leauning shartnomasi tovon puli 175 million evro bo'lishiga qaramasdan, milanliklar hujumkor yarim himoyachisini 100 million evrodan sal qimmatroqqa sotishga tayyor ekanligini ma'lum qilishgan.

A Seriyaning joriy mavsumida Leau 21 o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: sport24.ru