PSJ Mbappega 55 mln. evro to'lashdan bosh tortdi

Aslanov Jasurbek
21 sen 2024
PSJ Kilian Mbappe oldidagi qarzini to'lamaslik uchun etiroz bildirishda davom etadi.

Oldinroq Fransiya professional ligasi (LFP) parijliklar forvard oldidagi 55 mln. evrolik qarzni yopish bo'yicha qaror chiqargan edi. Ushbu mablag' to'lanmagan maosh va bonuslar sabab yig'ilib qolgan.

LFP to'lovni sakkiz kun ichida amalga oshirish kerakligini ma'lum qilgan edi va muddat bugun yakuniga etdi. PSJ o'z arizasida mablag'ni to'lash haqida yozmagan, aksincha boshqa idoraga arz qilishini aytgan.

PSJ LFP qo'miatsi qaroriga apellyaciya berdi. Gap to'liq asoslab berilgan klubning huquqiy poziciyasida emas. Bu shuningdek halollik, qadriyatlarni saqlash va Parij klubi hamda muxlislariga hurmat masalasidir, ushbu jihatlar har qanday futbolchidan muhimroq.

PSJning ma'lum qilishicha, Mbappe 7 yil davomida Parij klubida misli ko'rilmagan imtiyozlarga ega bo'lgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le Parisien