PSJ Mbappe uchun 90 mln. evro taklif qilishga tayyor

Aslanov Jasurbek
21 apr 2017, 11:23
PSJ murabbiylar shtabi "Monako" hujumchisi Kilian Mbappe xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Parij klubi prezidenti Nosir Al-Helayfi futbolchi uchun 90 mln. evro taklif qilishga tayyor. Ammo PSJ Mbappeni xarid qilishi oson bo'lmaydi, chunki "Monako" hujumchi bilan xayrlashmoqchi emas. Oldinroq APL klubi Mbappega 100 mln. evro taklif qilgan edi, biroq rad etilgan.

Mbappe joriy mavsum Fransiya chempionatining 23 ta uchrashuvida ishtirok etib, 12 ta gol urdi va 5 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le Parisien