PSJ “Lion”ni mag'lub etib, 9-bor Fransiya Liga Kubogini qo'lga kiritdi

1 avg 2020, 07:40
Kecha Liga Kubogi finali bo'lib o'tdi.

PSJ va “Lion” Fransiya Liga Kubogi finalida o'zaro bahs olib bordi. Asosiy va qo'shimcha bo'limlarda hisob ochilmadi. Penaltilar ceriyasida esa PSJ 6:5 hisobida g'alaba qozondi va Liga Kubogining 9 karra sohibiga aylandi.

PSJ – Lion 0:0 (0:0, 0:0, 0:0, 0:0), penaltilar seriyasi - 6:5

PSJ – Navas, Bakker, Tiago Silva (Paredes, 90), Kurzava (Kerer, 70), Markinos (Diallo, 114), Guye (Errera, 58), Verratti, Di Mariya, Kimpembe, Neymar, Ikardi (Sarabiya, 58).

Lion – Antoni Lopesh, Marsal, Marselo (Andersen, 81), Denayer, Dyubua (Rafael, 86), Auar, Bruno Gimaraes (Tiago Mendes, 65), Kakre, Korne, Depay (Toko-Ekambi, 80), Dembele (Traore, 80).

Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 4:4, 5:4, 5:5, 6:5.

Ogohlantirishlar: Kakre (19), Tiago Silva (55), Bruno Gimaraes (61), Errera (79), Marsal (94), Markinos (95), Paredes (100), Di Mariya (115).

Chetlatish: Rafael (119).

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia