

Manbaga ko'ra, PSJ vakillari allaqachon Sanches atrofidagilar bilan bog'lanishgan. Chililik hujumchining agenti futbolchining taqdirini muhokama qilish uchun dushanba kuni Fransiyaga yetib keldi.
Sanches "Marsel"da 2022 yildan beri to'p suradi. Chililik futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 41 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



