PSJ Levandovskini sotib olishi mumkin

Mirjalol Normatov
16 may 2021, 18:58
PSJ "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"L'Equipe" xabariga ko'ra, klubdagilar Kilian Mbappening jamoadan ketishidan qo'rqmoqda. Chunki u 2022 yilda yakunlanadigan shartnomani uzaytirishga rozi bo'lmayapti. Shu boisdan polshalik forvard Kilianning alternativi sifatida ko'rilmoqda.

32 yoshli Levandovski ushbu mavsum "Bavariya" tarkibida 39 o'yinda 47 gol va 9 assist qayd etdi. Uning klubi bilan shartnomasi 2023 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L'Equipe