

FIFA 17 o'yini bo'yicha o'tgan mundialda bir necha hafta oldin PSJ kiberfutbolchisiga aylangan Lukas Kule ("DaXe") jahon chempioniga aylandi.

MDH mamlakatlari orasida rossiyalik Andrey Gurev ("Timon") 4-o'rinni egalladi. Hamyurtimiz Muhammadamin Turg'unboev ("Ali_Bebeto") esa guruh bosqichidan so'ng jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi.
1.Lukas Kule ("DaXe", Fransiya) - 8000 dollar.
2.Timo Sip ("TimoX", Germaniya) - 4000 dollar.
3.Savas Destanoglu ("Gooku94", Germaniya) - 4000 dollar.
4.Andrey Gurev ("Timon", Rossiya) - 1000 dollar.
Turnir jadvali va o'yinlar natijalari bilan pastroqda tanishasiz.



