

So'rovnomada ishtirok etganlarning yarmi braziliyalikni tanlashdi. Sovrin uchun da'vogarlar "Nicca" forvardi Mario Balotelli 26%, Neymarning jamoadoshi Kilian Mbappe esa 24% ovoz yig'di.
O'tgan oyda braziliyalik hujumchi 3ta uchrashuvda 2ta gol urib, 2ta golli pas bergan edi. Neymar ilk marotaba oy futbolchisi deb topildi.
Eslatib o'tamiz, Fransiya chempionatida noyabrning eng yaxshi futbolchisi sovrinini "Marsel" yarim himoyachisi Floryan Toven qo'lga kiritgan edi.



