PSJ himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
19 may 2023, 21:13
PSJ matbuot xizmati himoyachi Markinos bilan shartnoma uzaytirilganligini ma'lum qildi.

29 yoshli braziliyalik futbolchi klubi bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. U 2013 yildan buyon parijliklar tarkibida o'ynamoqda. Shu davr mobaynida u 26 sovringa ega chiqdi.

Ushbu mavsumda Markinos chempionatda 31 o'yinda 2ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal