PSJ hali Pogbaning transferi bo'yicha MYU bilan aloqaga chiqmadi

Alisher
21 iyul 2021, 18:24
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning kelajagi noaniqligicha qolmoqda.

PSJ hali fransiyalik futbolchining transferini muhokama qilish uchun MYU bilan aloqaga chiqmadi.

Ingliz klubi Polni so'nggi ikki yil davomidagi professionalligi va o'zini ko'rsatishini qadrlaydi. Pol yaqqol "Real"ga o'tishni xohlagan bo'lsa ham, maydonda buni bildirmadi.

28 yoshli futbolchi o'tgan mavsum APL doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Manchester Evening News