PSJ yetakchilaridan birini Angliyaga qo'yib yuborishga tayyor

Omonjon To`xtamirzayev
17 fev 2023, 17:36
PSJ hujumchisi Neymar faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Parijliklar mavsum yakunlangach braziliyalikni APLga qo'yib yuborishga tayyorlar. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi.

Xabarlarga qaraganda, PSJ bu borada "Chelsi", "Liverpul", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" bilan aloqaga chiqib ham ulgurgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia