

France Football nashri ma'lumotlariga qaraganda, Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Paulo Dibala Fransiyaning PSJ klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Francuz klubi 26 yoshli argentinalik futbolchi yordamida jamoani tark etishi kutilayotgan Neymarning o'rni to'ldirmoqchi.
PSJ Dibala uchun 90 million evro to'lashi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Paulo A Seriyaning 10 uchrashuvida ishtirok etib, 3 tadan gol va samarali uzatmani amalga oshirgan.



