

Buning uchun 45 yoshli murabbiy Chempionlar ligasida jamoani kamida yarim finalga olib chiqishi lozim.
Emerining hozirgi shartnomasi 2018 yil iyun oyiga qadar mo'ljallangan.
O'tgan mavsumda PSJ musobaqa 1/8 finalida Barselona bilan to'qnash kelgandi. Parijdagi 4:0 hisobidagi g'alabadan so'ng Kataloniyada 1:6 hisobidagi mag'lubiyat qayd etilgan.
Bu mavsum parijliklar Bavariya, Seltik va Anderlext bilan bir guruhdan o'rin olishgan.
Parij klubi sport direktori Anteru Enrike Jorje Jezush (Sporting) va Andre Villash-Boash (Shanxay SIPG) bilan aloqaga chiqishga ulgurdi.




