PSJ - "Chelsi" uchrashuvi matnli onlayn translyatsiya qilinadi

16 fev 2016, 23:42
Yana bir ozdan so'ng Yevropa chempionlar ligasi 1/8 final doirasidagi PSJ - "Chelsi" bellashuvi bo'lib o'tadi.


Futbol ishqibozlari orziqib kutgan futbol bahori yaqin. Yevropa chempionlar ligasi pley-off o'yinlari nihoyat start olish arafasida. Bugun 1/8 final bosqichi doirasidagi ikkita o'yin bo'lib o'tadi. Fransiya PSJ jamoasi Londonning "Chelsi" klubini qabul qiladi. Ikkinchi bahs Portugaliyada bo'lib o'tadi. U yerda mahalliy "Benfika" Rossiya grandi "Zenit" bilan bahs boylaydi.

Saytimiz orqali markaziy tuqnashuv PSJ - "Chelsi" o'yinidan matnli onlayn translyatsiya amalga oshiramiz. Ushbu uchrashuvdan reportajni Shahboz Beg'amov amalga oshiradi.

Ushbu link orqali uchrashuv tafsilotlarini o'qib borishingiz mumkin bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia