“PSJ” 2 yil deganda o'z uyida mag'lub bo'ldi, 41ta o'yindan iborat seriya barham topdi

13 may 2018, 07:29
Fransiya chempionligini muddatidan ancha avval hal qilib bo'lgan “PSJ” klubi mamlakat chempionatining 37-turida mag'lubiyatga uchradi.

Parijliklar o'z maydonlarida “Renn” jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Bu bilan “PSJ”ning Liga1dagi 41ta o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasiga ham barham berildi. 

Ma'lumot uchun, “PSJ” o'z maydonida so'nggi bor Fransiya chempionatida 2016 yilning 20 mart kuni “Monako”ga 0:2 hisobida yutqazib qo'ygandi.

Fransiya chempionati. 37-tur

PSJ – Renn 0:2

Gollar: Burigo, 52 (penaltidan), Yunu, 71

PSJ: Trapp, Markinos, Berchiche, Mene, Kimpembe, Diarra (Rabo, 62), Motta (Pastore, 77), Di Mariya, Lo Chelso, Nkunku (Draksler, 61), Mbappe

Renn: Koubek, Nyanon, Jelen, Bensebayni, Traore (Sarr, 74), Andre, Prcich (Mauassa, 90), Yunu, Lea Siliki, Burigo, Zeffan

Ogohlantirish: Kimpembe.

O'xshash yangiliklar