Pro liga. "Aral" Toshkentda yig'in boshladi

Narzulla Saydullayev
3 fev 2023
Pro liganing yangi ishtirokchisi hisoblangan Qoraqalpog'istonning "Aral" klubi tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Nukusliklar kechadan boshlab Toshkentdagi yig'inni boshlashdi. Ushbu yig'in doirasida bir qator nazorat uchrashuvlari rejalashtirilgan. Bu haqda "Aral" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

3 fevral "Aral" - "Sho'rtan"
5 fevral "Aral" - "Bunyodkor-Farm"
7 fevral "Aral" - "Dinamo"

"Aral"ning Toshkentdagi yig'inida qatnashadigan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar
: Ulug'bek Bekbosinov, Xojamberdi Shonazarov, Bekzodjon Ahmadjonov.

Himoyachilar: Abdumalik Norqobilov, Rahmon Mamutov, Muhammad Yahyov, Salamat Qutiboev, Baxit Perdebaev, Norxon Sheripov.

Yarim himoyachilar: Shamsiddin Sagdullaev, Rashid Arazov, Zulpuqar Kuanishbaev, Yunus Ibragimov, Damir Nizanov, Azizbek Umirbekov, Shuxrat Deryabaev, Izzatull Qutiboev.

Hujumchilar: Asadbek Jo'raqulov, Arislavn Yusupbaev, Ruslan Qalmag'anbetov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia