Prevyu. "Orol" - "Istiqlol"

Narzulla Saydullayev
6 apr 2018, 12:43
"Orol" - "Istiqlol" jamoalari o'zaro ikki marotaba to'qnash kelishgan.

Har ikki o'yin 2017 yilda o'tkazilgan. Dastlabki bahs 25 may kuni 11-tur doirasida Farg'onada bo'lgan, unda "Istiqlol" vakillari 2:0 hisobida g'alaba qozongan. Ikkinchi uchrashuvda esa farg'onaliklar Nukusdan 2:1 hisobidagi g'alaba bilan ortga qaytishgan. To'plar nisbati 4:1 "Istiqlol" foydasiga.

Bugungi uchrashuv jamoalar uchun o'zaro 3-o'yin bo'ladi. "Orol" oq rangli, "Istiqlol" esa ko'k rangli sport formasida harakat qiladi. Eslatib o'tamiz, uchrashuv 16:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Истиқлол” матбуот хизмати