"Istiqlol" - "Orol" uchrashuviga marhamat

Narzulla Saydullayev
18 noya 2018
19 noyabr, dushanba kuni Pro-Liga "A" guruhida so'nggi 36-tur o'yinlari o'tkaziladi.

Shu kuni "Istiqlol" klubi Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida Nukusning "Orol" klubini qabul qiladi.

"Istiqlol" futbol klubi mazkur uchrashuvdan so'ng mavsum yakunlariga bag'ishlangan marosim tashkil etishni rejalashtirmoqda. Marosim yakunida jamoa homiylari tomonidan futbol muxlislariga turli xil qimmatbaho sovg'alar ulashiladi. Jamoaning eng fidoiy muxlisiga Samsung Galaxy rusumli uyali telefon tuhfa qilinadi.

Barcha futbol muxlislarini "Istiqlol" - "Orol" uchrashuviga chorlaymiz!

"Istiqlol" matbuot xizmati




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia