

Garchi markaziy maqomda bo'lmasada, mazkur uchrashuvga oid e'tiborli faktlarni keltirib o'tamiz.
O'zaro o'yinlar
Garchi so'nggi yillarda olmaliqliklar ko'p bor g'alabaga erishayotgan bo'lsada, bu borada ustunlik "qaldirg'ochlar" tomonida qolmoqda. Jamoalar Superliga doirasida 30 marotaba to'qnash kelishgan. 16ta bahsda "Bunyodkor", 7ta uchrashuvda OKMKning qo'li baland kelgan. Yana 7ta bahsda tomonlar murosa ko'chasini tanlagan. To'plar nisbati 46-31. Poytaxt klubi Superliga doirasida mehmon maqomida 7ta o'yindan beri mag'lubiyatga uchrayotgani yo'q. Jamoa so'nggi bor o'tgan mavsumning 14-turida Jizzaxda yutqazgan edi.

Jizzaxdan g'alaba bilan
"Bunyodkor" mavsumni Jizzaxda boshladi va "So'g'diyona"ni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Statistikaga e'tibor beradigan bo'lsak, "qaldirg'ochlar" so'nggi bor "So'g'diyona" maydonida 2018 yil Mirjalol Qosimov ustozligida ortga g'alaba bilan qaytgan edi. Keyingi 4ta bahsda mezbonlar 2 bor uch ochkoga ega chiqqan bo'lsa, yana 2ta bellashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlagandi. Qosimovdan so'ng Jizzaxda g'alaba qozongan Murod Otajonov bugun Qosimov boshchiligidagi OKMKga qarshi maydonga chiqadi.

Abramov so'nggi "qaldirg'och"
"Bunyodkor" OKMK bilan 7ta o'yindan beri maydonni 3 ochkosiz tark etmoqda. So'nggi g'alaba 2019 yilda Vadim Abramov boshchiligida qo'lga kiritilgan. Vadim Karlenovich "konchilar"ni mag'lub etgan "qaldirg'ochlar"ning so'nggi murabbiyi bo'lib qolmoqda. Xo'sh, Murod Otajonov "Bunyodkor" ustozi sifatidagi ilk urinishida Jizzaxdagi "qora" ananaga barham berdi. Endigi navbat OKMK bilan hisob-kitobgami?

Ekspert fikri
"Bunyodkor" sobiq futbolchisi Anvar G'ofurov bugungi o'yin oldidan jamoalarning imkoniyatini quyidagicha baholadi.
- OKMK yaxshi tarkibga ega. Jamoadagi har bir futbolchi tajribali va o'yinni hal qilishi mumkin. Ular oldiga yuqori o'rinlarni egallashni maqsad qilgan. "Bunyodkor" esa Jizzaxda boshlagan g'alabali seriyani davom ettirishga urinib ko'radi.
Imkoniyatlar: 60/40



