Prevyu. "Metallurg" - "Lokomotiv"

Narzulla Saydullayev
12 mar 2015, 08:15
Oliy liganing 1-turida O'zbekiston vice-chempioni "Lokomotiv" klubi Bekobodda "Metallurg" klubi mehmoni bo'ladi.
METALLURG – LOKOMOTIV
12 mart 2015 yil. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 15:00
Hakamlar
: Z.Qodirov, R.Shoyaxmetov, R.Fozilov, O.To'ychiboev.
Nazoratchi: A.Abdullaev.

“Metallurg” va “Lokomotiv” oliy ligada jami 20 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “temiryo'lchilar”ning ustunligini ko'rsatmoqda. “Lokomotiv” 13 marta g'olib bo'lgan. 4ta  o'yinda durang qayd etilgan. “Metallurg” esa 3ta o'yinda zafar quchgan. To'plar nisbatida ham ustunlik “Loko” tomonida – 38:14. O'zaro o'yinlarda “Lokomotiv” 43 ochko jamg'argan bo'lsa, “Metallurg” esa 13 ochko yiqqan.

“Lokomotiv”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 5:1ga teng. Bekobodliklarda bu ko'rsatkich 1:0 bo'lib turibdi.

O'tgan mavsum ikkala uchrashuvda ham “Loko” zafar quchgan. Bekobodda bo'lib o'tgan o'yinda yagona golni Ivan Nagaev urgan – 0:1. Toshkentda “Loko” mehmonlar darvozasiga 5ta gol urdi. Fozil Musaev, Alisher Shog'ulomov, Farhod Tojiev (ikkita) va Sadriddin Abdullaevning gollariga Alisher Ziyovuddinov javob bergan – 5:1.

Bekobodda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
29.03.2014  Metallurg – Lokomotiv  0:1
18.10.2013  Metallurg – Lokomotiv  0:4
05.05.2012  Metallurg – Lokomotiv  0:1
05.08.2010  Metallurg – Lokomotiv  1:0
08.05.2009  Metallurg – Lokomotiv  1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Lokomotiv” Bekoboddan to'rt bor g'alaba bilan qaytgan. 3ta o'yin durang bilan tugagan 3 bor “Metallurg” o'z uyida g'alaba qozongan. Bekobodda bo'lib o'tgan so'nggi uch bahsda “temiryo'lchilar” gol o'tkazmay g'olib chiqishgan.

Narzulla Saydullaev

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia