Prevyu: "Lokomotiv" - AGMK

Aslanov Jasurbek
5 avg 2021, 14:58
Superliganing 14-tur uchrashuvi "Lokomotiv" - AGMK qarama-qarshiligiga bag'ishlangan o'yinoldi prevyuni taqdim etamiz.

O'zaro o'yinlar statistikasiga ko'ra, barcha musobaqalardagi o'tkazilgan jami 28 o'yinda "Lokomotiv" 17 g'alabani tantana qilgan, AGMK esa 7 marotaba "temiryo'lchilar"dan ustun kelgan. Qolgan 4 bellashuvda g'olib nomi aniqlanmagan. To'plar nisbati: 53-35, "Lokomotiv" foydasiga.

• O'yin bosh hakami etib tayinlangan Ahrol Risqullaev beshinchi marotaba AGMK ishtirokida uchrashuvda bosh hakamlik qiladi. Bunga qadar Risqullaev boshqargan o'yinlarda AGMK 1 g'alaba, 1 mag'lubiyat va 2 durang qayd etgan. Shuningdek, mazkur bellashuvda VAR tizimi ham ishlaydi.

Mazkur jamoalarning birinchi davradagi o'yinida Fortes va Kasyanning gollari evaziga AGMK 2:1 hisobidagi g'alabani tantana qilgandi.


Superliga, 14-tur.

7 avgust, shanba

"Lokomotiv" - AGMK (20:00)

Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, Ilya Ilin

Nazoratchi: Dmitriy Roman

Komissar: Sardor Qudratullaev

Translyatsiya: "Sport"

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: АГМК матбуот хизмати