Premer-liganing oktyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi nomi e'lon qilindi

Aslanov Jasurbek
17 noya 2017, 16:05
Angliya Premer-ligasining rasmiy sayti Angliya chempionatining oktyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyini aniqladi.

"Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola eng yaxshi murabbiy sovrinini qo'lga kiritdi. Uning qo'l ostidagi "shaharliklar" oktyabr oyida "Stok Siti", "Byornli" va "Vest Bromvich"ni taslim etishdi. Ushbu o'yinlarda Xosep Gvardiola shogirdlari 13ta gol urishdi.

Oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi uchun sovringa Maurisio Pochettino ("Tottenxem"), Arsen Venger ("Arsenal") va Shon Daych ("Byornli") ham da'vogarlik qilgan edi.

APLda sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi nomi ma'lum bo'ldi

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia