Premer-ligada yanvar oyining eng yaxshilari aniqladi

Aslanov Jasurbek
5 fev 2016, 11:35
Angliya Premer-ligasining yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchi va murabbiyi e'lon qilindi.

Yangi yil ikl oyining eng yaxshi futbolchisi nomiga "Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero sazovor bo'ldi. Argentinalik yanvar oyining 4 uchrashuvida o'z hisobiga 5 ta gol yozib qo'ydi.


Oy murabbiyi sovrini "Sautgempton" ustozi Ronald Kumanga topshirildi. Uning jamoasi yanvar oyidagi 4 uchrashuvning 3 tasida g'alaba qozondi va bitta o'yinda mag'lub bo'ldi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia