Potter Zieshning JCHdagi ishtirokidan mamnunligini aytdi

Mirjalol Normatov
25 dek 2022
"Chelsi" bosh murabbiyi Grem Potter jamoa futbolchisi Hakim Zieshning JCH-2022dagi ishtiroki haqida gapirdi.

"Jahon chempionatidan oldin ham u yaxshi holatda edi. Xatto zaxira o'rindig'ida o'tirgan holatida ham bor e'tiborini o'yinga qaratayotgandi. Uning sifatlarini yaxshi bilamiz, u buni Qatarda yaxshi ko'rsata oldi.

Yana ko'p narsalarni gapirish mumkin, biroq "Chelsi"da ko'plab chempionlar o'ynaydi va ular doimo maydonga tushishga tayyor turishadi. Shu sababli u ham sabr qilib, o'z imkoniyatini kutayotganiga ishonchim komil", - dedi Potter.

Eslatib o'tamiz, Ziesh 2020 yil yozida "Ayaks"dan 40 mln evro evaziga transfer qilingandi. Shu davr mobaynida u jamoa tarkibida 92 o'yinda 14 gol va 10 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal