Postekoglu APL tarixida eng tez iste'foga chiqarilgan murabbiy bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
18 okt 2025
"Nottingem Forest" o'z murabbiyini APL klublari uchun rekord bo'lgan muddat ichida iste'foga chiqardi.

Murabbiy 8 ta o'yinda 6 ta mag'lubiyat va 2 ta durang qayd etganidan so'ng iste'foga chiqarildi. 

Postekoglu klubda 39 kun ishladi - u 9 sentyabr kuni ish boshlagandi. 

Shu tariqa, klub murabbiyni tez iste'foga chiqarish bo'yicha APL klublari ichida antirekord o'rnatdi. Bungacha ushbu ko'rsatkich bo'yicha antirekord "Kristal Pelas" va Frank de Bur o'rtasida bo'lgandi - 77 kun.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta