Portugaliyalik murabbiy: "FIFA Messini diskvalifikaciya qilishi kerak"

Aslanov Jasurbek
28 fev 2018, 18:54
Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush "Barselona" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.

"Messi kuchli futbolchiligi haqida doimo aytganman. U erlik emas.

Agar argentinalik inson bo'lganida, JCH-2014dagi bahsda mo'jiza ko'rsatmagan bo'lardi (Eronga qarshi bahs - 1:0).

Mag'lub bo'lishni yoqtirmayman, ammo o'sha omadsizlikda achchiq tam yo'q edi. Mo'jiza ro'y berganda mag'lubiyat sezilmaydi.

U inson ekanligi isbotlanmaguncha, FIFA uni diskvalifikaciya qilishi kerak" - deydi portugaliyalik mutaxassis hazil tariqasida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As