Portugaliya TJ himoyachisi uchun JCH-2022 yakunlandi

Eldor Akmurzayev
1 dek 2022, 09:50
PSJ himoyachisi Nunu Mendesh 2 oyga safdan chiqdi.

20 yoshli futbolchi Qatardagi mundial guruh bosqich 2-turi doirasida Urugvayga (2:0) qarshi o'tgan uchrashuvda jarohat oldi. Shu tufayli u mazkur bahsning ilk taymidayoq zaxiraga olingandi.

Avvalroq, Danilu va Otavio jarohati tufayli urugvayliklarga qarshi bahsda qatnashmagandi. Keyingi bosqich masalasini hal qilib qo'ygan Portugaliya guruhdagi oxirgi o'yinini 2 dekabr kuni J.Koreyaga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: L’Équipe