Portugaliya termasining Lixtenshteyn va Lyuksemburgga qarshi o'yinlar uchun chaqirilgan tarkibi e'lon qilindi

Mirjalol Normatov
17 mar 2023, 19:30
Portugaliya termasi matbuot xizmati Evro-2024 saralashi doirasida Lyuksemburg va Lixtenshteyn termalariga qarshi o'yinlarga chaqirilgan 26 nafar futbolchi ro'yxatini ma'lum qildi.

Darvozabonlar: Diogu Koshta ("Portu"), Joze Sa ("Vulverxempton"), Ruy Patrisiu ("Roma");

Himoyachilar: Diogu Dalot ("Manchester Yunayted"), Joau Kanselu ("Bavariya"), Danilu Pereyra ("PSJ"), Pepe ("Portu"), Ruben Diash ("Manchester Siti"), Antoniu Silva ("Benfika"), Gonsalu Inasiu ("Sporting"), Diogu Leyte ("Union"), Nunu Mendesh ("PSJ") va Rafael Gerreyru ("Borussiya" Dortmund);

Yarim himoyachilar: Joau Palinya ("Fulxem"), Ruben Nevesh ("Vulverxempton"), Bernardu Silva ("Manchester Siti"), Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted"), Joau Mariu ("Benfika"), Mateush Nunesh ("Vulverxempton"), Otavio ("Portu"), Vitinya ("PSJ");

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu ("Al-Nasr"), Gonsalu Ramush ("Benfika"), Joau Feliks ("Chelsi"), Rafael Leau ("Milan") va Diogu Jota ("Liverpul").

Lixtenshteynga qarshi bahs 23 mart kuni o'tkazilsa, 26 marta Lyuksemburgga qarshi uchrashuv bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia