

Chorshanba kuni "Valensiya" matbuot xizmati Martines Ar Riyodda jamoadagi portugaliyaliklar (Terri Korreya va Andre Almeyda) bilan uchrashganini e'lon qilgan edi. "Ko'rshapalaklar" Saudiya Arabistoniga Ispaniya Superkubogi doirasida tashrif buyurishgan. Ma'lumotlarga ko'ra, Martines "Betis"dagi Ruy Tiagu Silva va Vilyam Karvalyular bilan ham uchrashgan.
Shu bilan birga, mutaxassis "Al-Nassr"ga o'tgan Krishtianu Ronaldu bilan ham uchrashuv o'tkazishi kutilmoqda. Martines yaqin vaqt ichida yana bir nechta joyga borib, milliy jamoa futbolchilari bilan suhbat o'tkazadi.



