"Portu"ga qarshi o'yin oldidan "Atletiko"da jiddiy yo'qotishlar bor

Mirjalol Normatov
6 sen 2022, 00:55
"Atletiko" YCHLning 1-turi doirasida "Portu"ga qarshi o'yin oldidan jiddiy yo'qotishlarga duch kelmoqda.

"Marca" xabariga ko'ra, jarohati sababli darvozabon Yan Oblak, himoyachilar Stefan Savich, Serxio Regilon va Felipe, yarim himoyachilar Mateus Kunya hamda Toma Lemar safdan chiqqan. Ular katta ehtimol bilan "Portu"ga qarshi o'ynamasligi kutilmoqda.

"Atletiko" - "Portu" uchrashuvi 7 sentyabr tunida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca