"Portu" Serjiu Konseysau bilan shartnomani uzaytirdi. Unga "Milan" qiziqayotgandi

Sherzod Nurmatov
26 apr 2024, 14:49
Bosh murabbiy 4 yillik shartnomaga imzo chekdi.

"Portu" bosh murabbiyi Serjiu Konseysau bilan kelishuvni uzaytirdi, deya xabar berdi klub rasmiy sayti.

Xabarga ko'ra, "ajdarlar" va 49 yoshli Konseysau o'rtasidagi yangi bitim 4 mavsum – 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Shu tariqa mutaxassis butsalarini mixga ilgach, uy klubida o'n yildan ortiq vaqt davomida ishlagan bo'ladi.

Oldinroq Serjiu Konseysauga Italiyaning "Milan" jamoasi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcporto.pt