"Portu" o'z futbolchisini MYUga 65 mln evroga sotishni rad etdi

Alisher
21 iyun 2022, 11:30
"Portu" hujumchi Evanilsonni "Manchester Yunayted"ga sotmadi.

Portugaliya klubi "qizil iblislar"ning 60 million evro, shuningdek ehtimoliy 5 million evro miqdoridagi bonus mablag'ini o'z ichiga olgan taklifini rad etdi. "Portu"22 yoshli braziliyalik uchun 80 mln evro atrofida olmoqchi.

MYU futbolchi uchun kurashishda davom etmoqchi va tez orada yangi shartnoma tayyorlamoqchi.

Evanilson 2021/22 yilgi mavsum "Portu" tarkibida 45ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol va 5ta assist qayd etdi. Transfermarkt o'yinchini 22 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ojogo.pt