

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "Nasaf" yarim himoyachisiga Polsha birinchi ligasida ishtirok etuvchi "Sandecya Novi-Sonch" klubi jiddiy qiziqib qolgan. 1910 yilda tashkil topgan mazkur klub "Nasaf"ga Mozgovoyni keyinchalik to'liq sotib olish huquqi bilan ijaraga bir yilga olmoqchi.
Ma'lumot uchun, "Sandecya Novi-Sonch" o'tgan mavsum Polsha birinchi ligasida 18ta klub orasida 7-o'rinni egallagan edi.
Transfermarkt portaliga ko'ra, Akmal Mozgovoyning ayni paytdagi narxi 650 ming evroga teng. Hozirgi kunda "Sandecya Novi-Sonch" tarkibidagi eng qimmat futbolchi 250 ming evroga teng.




