Pol Pogba 2015 yilda "Chelsi"ga o'tishi mumkin edi

Narzulla Saydullayev
30 sen 2016, 08:12
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba 2015 yilda "Yuventus"dan "Chelsi"ga o'tishga yaqin bo'lganini uning agenti Mino Rayola aytib o'tdi.
– Pol o'tgan yildayoq "Yuventus"ni tark etishi mumkin edi, uni Mourinyo Londonga chaqirgandi. Ammo "Yuventus" bilan kelishuvimiz bor edi. Dastlab klub Italiya chempioni bo'lishi va YCHLda zafar quchishi kerak edi, shundan keyin Pogba ketishi mumkin edi, – deydi Rayola.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Rai Sport