Pogba "Yuventus" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng Manchesterga jamoa bilan birga qaytmadi. Nega?

Tolibjon Qosimov
8 noya 2018, 18:27
Kecha YCHL 4-turi "H" guruhi doirasida "Manchester Yunayted" klubi "Yuventus"ni safarda mag'lub etdi - 2:1.

Turinda o'ziga xos kambekni amalga oshirgan mankunianliklarning asosiy o'yinchilaridan biri Pol Pogba Manchesterga jamoa bilan birga qaytmadi.


Gap shundaki, uchrashuvdan so'ng MYUdan aynan Pogba doping-test topshirish uchun chaqirilgan. Aynan shu sabab u butun jamoa uchadigan samolyotga ulgurmagan va keyinroq boshqa reys bilan Manchesterga uchib keldi.

Pogba keyinroq boshqa reys bilan Manchester shahriga uchib keldi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: mirror.co.uk