Pogba "Vest Bromvich"ga qarshi o'yinda MYUga yordam bera olmaydi

Tolibjon Qosimov
30 mar 2017, 19:09
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba "Rostov" bilan o'yinda olgan jarohatidan qutulib ulgurmadi.

Shu sababli APLning navbatdagi 30-turida "Vest Bromvich"ga qarshi jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda "qizil iblislar" rasmiy sayti xabar berdi. Undan tashqari, jarohat sabab Fil Jons va Kris Smolling, diskvalifikaciya sabab Zlatan Ibragimovich va Ander Erreralar MYUga yordam bera olishmaydi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: manutd.com