Pogba shartnomani uzaytirishdan bosh tortmoqda, "Yuventus" esa uni qaytarmoqchi

Mirjalol Normatov
20 noya 2020, 23:22
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba jamoasini almashtirishni rejalashtirmoqda.

"The Athletic" xabariga ko'ra, futbolchi klub bilan 2022 yilga qadar mo'ljallangan shartnomasini uzaytirmoqchi emas. U bu borada klub rahbariyatini ogohlantirib qo'ygan. Biroq 27 yoshli futbolchini klubdagilar sotib yuborishni istamayapti.

Xabarlarda yozilishicha, "Yuventus" Pogbani qaytarish borasida ishlarni boshlamoqchi. "Keksa sinora" uning transferi uchun 80 mln evro ajratishga tayyor turibdi.

Pogba ushbu mavsumda "Yunayted" tarkibida 11 o'yinda 1 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic