Pogba, Dibala va Matyuidi afsonaviy Ronaldinyo bilan bir ziyofatda qatnashdi

Sherzod Nurmatov
6 iyul 2021, 20:11
Ronaldinyo Instagram'dagi sahifasida Mayamidaga kecha haqida post qo'ydi.

Braziliyalik tirik afsona Ronaldinyo AQSHning Mayami shahrida Pol Pogba, Paulo Dibala va Blez Matyuidi bilan bitta bazmda ishtirok etdi.

"Barselona" sobiq yarim himoyachisining taniqli futbolchilar bilan uchrashuvi kutilmaganda sodir bo'lgan, yani bu oldindan rejalashtirilmagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: instagram.com/ronaldinho