"Inter Mayami" yangi mavsum uchun libosini taqdim etdi

Aslanov Jasurbek
10 fev 2025
"Inter Mayami" kelasi mavsum qanday libosda o'ynashini namoyish etdi.

Florida klubi taqdim qilgan yangi forma - ananaviy pushti rangda. Biroq unga qarab Argentina terma jamoasi hamda "Barselona" libosiga o'xshashlikni ko'rishingiz mumkin. Dizayn Adidas ga tegishli.

Odatda MLS klublari bir mavsum uchun bitta libosni taqdim etishardi va mehmondagi bahslarda avvalgi yil namoyish qilingan formalarda to'p tepishardi. Shu yo'l bilan bitta forma jamoaga ikki yil xizmat qilardi. Ammo "Inter Mayami" Yevropa modelini tanlashdi. Ular tez orada mehmondagi o'yinlar uchun ham formani ko'rsatishadi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: intermiamicf.com