Pogba "Arsenal"ga qarshi o'yinda qatnashishi mumkin

Mirjalol Normatov
31 dek 2020, 20:44
"Manchester Yunayted" futbolchisi Pol Pogba "Arsenal"ga qarshi o'yinda qatnashishi mumkin.

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher ta'kidlab o'tdi.

"Pogba "Arsenal"ga qarshi o'yinda qatnashishi mumkinmi? Shunday bo'lsa kerak. Nima uchun u "Bernli"ga qarshi o'yinda qatnashmadi? Futbolchi uzoq muddat maydonga tushmaganida 100 foiz tiklangan taqdirdagina o'yinlarda qatnashadi. Menimcha, u hali to'liqligicha tiklangani yo'q va yana bir kunni bunga sarf qilish kerak", - dedi  Sulsher.

"Arsenal" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi 1 yanvar kuni soat 01:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express