Pochettino "Tottenxem" boshqaruviga qaytishi mumkin

Sherzod Nurmatov
16 fev 2023, 18:07
Maurisio Pochettino "Tottenxem" bosh murabbiyi lavozimiga qaytish ehtimoli bor.

Bu haqda "TalkSport" xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, rahbariyat Antonio Kontening o'rniga argentinalik nomzodni ko'rib chiqmoqda. Murabbiyning o'zi yana bu lavozimni egallashga qarshi emas.

Ma'lum bo'lishicha, "Tottenxem" va murabbiy o'rtasida allaqachon muzokaralar olib borilmoqda.

Maurisio Pochettino "Tottenxem"ni 2014 yilning yozidan 2019 yilning noyabrigacha boshqargan.

50 yoshli argentinalik mutaxassis 2022 yilning yozida PSJ tomonidan istefoga chiqarilganidan beri ishsiz.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TalkSport