Pochettino taqvimdan shikoyat qildi

Sherzod Nurmatov
24 okt 2023
Terma jamoalardan qaytgan futbolchilar darhol klublar ixtiyoriga qaytishdi.

"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino taqvim zichligidan nolidi.

"Futbolchilar hafta o'rtasida o'z terma jamoalari uchun o'ynab, keyin shanba kuni o'z klublariga o'ynashi – aqlsizlik. Enco Fernandes va Moyzes Kaysedo charchagandi. Ammo agar men ularga dam olish va London derbisida qatnashmaslik imkoniyatini berganimda, hamma menga hujum qilgan bo'lardi", – dedi mutaxassis.

Avvalroq Pochetino "Chelsi" "Arsenal"ga qarshi o'yinda 2 ochko yo'qotganini aytgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano