Pochettino - Ramos haqida: "Jahon chempioni uchun o'ynamaslikning o'zi juda qiyin"

Mirjalol Normatov
19 noya 2021, 22:44
PSJ himoyachisi Serxio Ramos Liga 1'ning 14-turi doirasida "Nant"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi kutilmoqda.

Bu haqida jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ma'lumot berdi.

"Ramos yaxshi mashg'ulot o'tamoqda. Unda o'zgarishlar bor, Serxio to'g'ri yo'ldan ketmoqda. Balki u ertangi o'yinda qatnashishi mumkin bo'lar.

Jahon chempioni bo'lgan futbolchi uchun o'ynamaslikning o'zi qiyin. Shunday bo'lsa ham u sabrli bo'lib, mashg'ulotlarni davom ettiryapti. U hozirgi holatidan chiqib keta olishini barchaga isbotlaydi", - dedi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal