Pochettino Portugaliyada ish boshlashi mumkin

Mirjalol Normatov
28 iyun 2020, 18:20
Maurisio Pochettino "Benfika"ning yangi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

"The Sun" xabariga ko'ra, lissabonliklar rahbariyati ayni damda Pochettinoning Brunu Laje o'rnini egallashi borasida muhokamalar olib bormoqda. Bunga esa "Benfika" Portugaliya chempioni bo'la olmasligi sabab bo'lishi mumkin. Ayni damda "Benfika" turnir jadvaida 1-o'rindagi "Portu"dan 3 ochkoga ortda qolgan holda 2-pog'onani egallab turibdi.

Eslatib o'tamiz, Pochettino ushbu mavsum o'rtasida "Tottenxem"dan iste'foga chiqarilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun